
Reylli Opelka AQShdagi turnirda peshqadamga aylandi
AQShda "MyUTR Pro Match Series" ko‘rgazmali tennis turnirida amerikalik Reylli Opelka va Tommi Pol, serbiyalik Miomir Kechmanovich hamda polshalik Xubert Gurkach o‘zaro raqobatlashmoqda.
Ushbu to‘rt tennischi aylana tizimda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Birinchi kungi bahslardan so‘ng Reylli Opelka ikki g‘alaba bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Ilk turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Reylli Opelka (AQSh) - Tommi Pol (AQSh) - 3/4, 4/1, 4/0
Xubert Gurkach (Polsha) - Tommi Pol (AQSh) - 4/2, 4/0
Reylli Opelka (AQSh) - Miomir Kechmanovich (Serbiya) - 4/3, 4/0
Fikrlar